Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dolzarb mavzu: O‘zbekistonda intellektual mulk muhofazasi
13:01 / 2019-08-26

Guliston shahrida “Intellektual mulk muhofazasi va himoyasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.


Guliston shahrida “Intellektual mulk muhofazasi va himoyasi” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda viloyat hokimligi mas’ullari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Amaliy muloqotda jamiyatda intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqqa nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirish xususida so‘z bordi. Shuningdek, intellektual mulk huquqini muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlari hamda boshqa sub’ektlarning huquq va majburiyatlari bo‘yicha ma’lumot berildi.

– Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi o‘rtasida intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan hurmat hissini oshirish, – deydi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi bosh mutaxassisi Oybek Sayidumarov. – Shuningdek, huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda ushbu sohani takomillashtirishga mas’ul bo‘lgan davlat idoralarining o‘rni va roli haqida ma’lumot berish.

Ishtirokchilar savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.