Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dolzarb masalalarda ijtimoiy sheriklik
17:34 / 2015-02-02

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan “Bandlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilishda ijtimoiy sheriklikning o‘rni” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan “Bandlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilishda ijtimoiy sheriklikning o‘rni” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), vazirlik va davlat qo‘mitalari, Savdo-sanoat palatasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda nodavlat-notijorat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori A.To‘rayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda aholining barcha qatlamlari huquq va manfaatlarini himoyalash, inson omiliga ustuvor ahamiyat qaratish, xalqimiz, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratish doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun fuqarolik jamiyati institutlari yanada rivojlanishiga erishish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligi, oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan aholini ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, fan, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirish, tabiatni muhofaza qilish, yoshlarga oid siyosat sohalarida ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida yondashilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida 2014-2016-yillar uchun imzolangan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid Bosh kelishuv asosida tuzilgan jamoa kelishuvlari va shartnomalari orqali xodimlar ijtimoiy himoyasi va mehnat muhofazasini kuchaytirish, bandlikni ta’minlash, xodimlarni sog‘lomlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 2014-yilda ehtiyojmand oilalar va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga 116 milliard 969,7 million so‘mlik ijtimoiy ko‘mak berildi. Xodimlarning farzandlariga chet tillarini o‘rgatish, yosh onalarga moddiy yordam ko‘rsatish, yurtimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar, uy-joy qurilishida yosh oilalarga foizsiz ssudalar berish, tarmoq korxonalariga aloqador kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun o‘quv qurollari, darsliklar xarid qilishga ko‘maklashish doimiy e’tiborda bo‘ldi. 

Tasdiqlangan reja asosida o‘tgan yilda kasaba uyushmalari xodimlari tomonidan 6 ming 500 ga yaqin korxona va tashkilotda qariyb 46 ming yangi ish o‘rni yaratilgani o‘rganib chiqildi. Tahlil natijalari bo‘yicha mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari, bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan birgalikda tegishli xo‘jalik rahbarlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Davra suhbatida ijtimoiy sheriklik subyektlarining huquq va majburiyatlari, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllari, mahalliy hokimiyat organlarining ijtimoiy sheriklikdagi ishtiroki kabi masalalar muhokama etildi.