Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport musobaqasi tashkil etildi
18:44 / 2025-07-31

Navoiy davlat universiteti aniq fanlar fakulteti hamda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining Navoiy shahridagi filiali hamkorligida 2-umumta’lim maktabida Lochin va Janubiy mahallalari o‘smirlari o‘rtasida dzyudo bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismonan va ma’nan sog‘lom shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu bois, mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi bu borada muhim platformaga aylandi.

– Bugungi kunda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Dzyudo esa faqat jismoniy mashq emas, balki tartib, sabr va hurmatni o‘rgatadi, – deydi universitetning aniq fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari G‘iyos Yusupov. – Tadbir yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jismoniy tarbiya orqali ularda iroda, intizom va jamoaviylik kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu tadbirning yana bir muhim jihati shundaki, bu ta’lim va sport tashkilotlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik namunasidir. 

Bolajonlar musobaqa jarayonida jismoniy mahoratini namoyon etish barobarida, o‘zaro do‘stlashib, fikr almashdi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri