Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dolzarb 90 kun” loyihasi amalda
13:38 / 2025-06-28

Qarshi davlat texnika universitetida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbirda universitet rektori Sherzod Ne’matov talaba-yoshlarning bandligini ta’minlashning naqadar muhimligi, “Dolzarb 90 kun” loyihasidan ko‘zlangan maqsad, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik istiqbollari haqida gapirdi.

[gallery-24117]

Hamkor va ish beruvchi tashkilot-muassasalar rahbarlari, mas’ullari ham oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish omillari haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida universitet bosh binosi foyesida yosh olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari, ko‘plab laboratoriya jihozlari namoyish etildi.

Shuningdek, talabalar va bitiruvchilar uchun 20 ga yaqin tashkilot va muassasalar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Talabalar bilan jonli muloqotlar o‘tkazildi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari