French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dolzarb 90 kun” doirasida tadbirlar davom etmoqda (+video) 
20:26 / 2025-07-17

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Yangihayot tumanida joylashgan 330-sonli umumta’lim maktabida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining bir guruh harbiy xizmatchilari va kursantlari tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi hamda “Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” tadbirlari doirasida navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.

O‘qituvchi va o‘quvchilarga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi, yosh bolalar sho‘xliklari natijasida sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yozgi mavsumda belgilangan joylarda cho‘milish qoidalari bo‘yicha zarur tushunchalar va ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar yong‘in-qutqaruv xizmatida foydalaniladigan texnikalar, asbob-anjomlar shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyim-boshlarni o‘zlari kiyib ko‘rdi. 

Arqon tortish musobaqalari va kursantlarning qo‘l jangi bo‘yicha namoyishlari o‘quvchi-yoshlarning qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirib, o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida bolajonlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mMA7Ih7sAyU" title="“Dolzarb 90 kun” doirasida tadbirlar davom etmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA