Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dolzarb 90 kun" doirasida bolalar uchun ko‘rgazma va to‘garaklar tashkil etildi
17:39 / 2025-07-03

Poytaxtimizda “Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Toshkent shahar hokimligi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan 118-sonli umumiy o‘rta ta’lim hamda 329-sonli umumta’lim maktablarida ko‘rgazma va yozgi to‘garaklar tashkil etildi.

Xususan, 329-sonli umumta’lim maktabida turli yo‘nalishlarda bepul to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar dushanbadan juma kunigacha davom etmoqda.

Loyiha doirasida milliy taomlar oshpazi, veb-dizaynerlik va tikuvchilik kabi yo‘nalishlarda qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Har bir to‘garak murabbiysi "Dolzarb 90 kun" loyihasining samaradorligini ta’minlash maqsadida astoydil xizmat qilmoqda. 

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti "Teatr sahna bezagi rangtasvir" ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Fayzulloh Fayzixonov tomonidan Yakkasaroy tumani 118-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Yangi sahifa" deb nomlangan badiiy ko‘rgazma tashkil etildi.

Bu kabi ko‘rgazma va tadbirlar yoshlarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA