English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dolzarb 40 kunlik”
11:16 / 2023-12-07

Buxoro viloyatida ham Ichki ishlar boshqarmasi va uning hududiy organlari xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlar davomida jinoyat sodir etib fosh etilmasdan qolgan 22 ta jinoyat fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 31 nafar shaxs ushlandi.

Bundan tashqari, tadbir davomida 1 ta odam o‘g‘irlash va bosqinchilik, 8 ta giyohvandlik hamda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlash hamda 9 ta boshqa turdagi jinoyatlar aniqlandi. Mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvchi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mazkur shaxslarning 5 tasiga qamoqqa olish hamda 15 tasiga boshqa turdagi ehtiyot choralari qo‘llanildi.

Reyd tadbirlari davomida 98 nafar shaxs bilan manzilli profilaktik ishlar olib borildi. Kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxs ma’muriy qamoqqa olindi.

“Dolzarb 40 kunlik” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda.

Zarif Komilov,

O‘zA muxbiri