Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Dok-1 MAKS» ishi bo‘yicha mansabdor shaxslar qamoqqa olindi
10:03 / 2023-02-10

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan juda ko‘p miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar hamda byudjet mablag‘larining sarf qilinishida belgilangan talablarning qo‘pol ravishda buzilganlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda DXX tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Shuningdek, «Dok-1 MAKS» va «AMBRONOL» siropining nojo‘ya ta’siri sababli «o‘tkir buyrak yetishmovchiligi» tashxisi bilan bolalar vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.    

Xususan, to‘plangan dalillar asosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK direktori K.S. hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan uning bir nechta jinoiy sheriklari ish bo‘yicha gumon qilinib ushlanib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.    

Dastlabki tergov davomida sifatsiz dori vositalarini O‘zbekistonga import qilib, iste’molga chiqarilishiga ruxsat bergan mas’ullar doirasini aniqlab, harakatlariga huquqiy baho berishga qaratilgan kompleks tergov-tezkor harakatlari va tegishli ekspertizalar o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA