Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Doing business in Uzbekistan” maslahat markazi xitoylik tadbirkorlarga O‘zbekiston haqida barcha ma’lumotlarni taqdim etadi
15:26 / 2022-08-05

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tomonidan Sindao shahrida Shandun provinsiyasining biznes doiralari vakillari ishtirokida mamlakatimiz savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy imkoniyatlari taqdimoti o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, logistika, axborot texnologiyalari va farmatsevtika sohalarida faoliyat olib boradigan yirik kompaniyalar vakillari, xususiy tadbirkorlar ishtirokida o‘tgan ushbu tadbirda O‘zbekistondagi savdo-iqtisodiy islohotlar, o‘zbek-xitoy aloqalarining bugungi holati, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga doir atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir chog‘ida “Xitoy – SHHT” mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorligi namoyishi zonasi ma’muriyatining rahbari Chjan Dun so‘zga chiqib, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga yuqori baho berar ekan, Shandun provinsiyasining tadbirkorlarini O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirishda faol qatnashishga chaqirdi.

Mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik namoyish zonasi hududida ochilayotgan “Doing business in Uzbekistan” maslahat markazi yaqinda o‘z faoliyatini boshlashi va O‘zbekistonga sarmoya kiritish istagida bo‘lgan xitoylik tadbirkorlarni barcha zarur ma’lumotlar bilan ta’minlashga tayyor ekanligini bildirdi.

O‘zA