Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Doimiy monitoring yo‘lga qo‘yildi
11:15 / 2026-03-03

Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida qishloq xo‘jaligini izchil rivojlantirish, yer resurslaridan samarali foydalanish va yuqori hosildorlikka erishish ustuvor vazifaga aylandi. Bugun tumanda agrar sohani modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Dehqon va fermer xo‘jaliklarida mavsumiy agrotexnik tadbirlar aniq reja va ilmiy yondashuv asosida tashkil etilgan. Har bir qarich yerdan unumli foydalanish, ekinlarni o‘z vaqtida parvarishlash va hosil sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini ko‘paytirish bilan birga, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Xususan, 2026-yil hosili uchun mo‘ljallangan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Maydonlarni mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sifatli sug‘orishni tashkil etish, begona o‘tlarga qarshi samarali kurashish, kasallik va zararkunandalarning oldini olish choralari qat’iy nazorat ostida bajarilmoqda. Zamonaviy texnika vositalari va ilg‘or agrotexnologiyalarning joriy etilishi hosildorlik ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga zamin yaratmoqda.

Mutasaddi tashkilotlar hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaliklariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda. Agrotexnik me’yorlarga qat’iy rioya etish, ish jarayonlarini samarali tashkil qilish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, doimiy monitoring yo‘lga qo‘yilgan.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri