Doimiy g‘amxo‘rlik og‘ushida
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Farg‘ona shahridagi Bolalar uyida 6 yoshgacha bo‘lgan 50 bola zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar tibbiy mutaxassislarning doimiy nazoratida. Ularni sog‘lomlashtirish uchun fizioterapiya, massaj muolajalari olib boriladi. Kutubxona, qo‘g‘irchoq teatri va turli to‘garaklar bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.