French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Doim yuksaklarda hilpirab tur, bayrog‘im!
13:28 / 2025-11-18

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning o‘ttiz to‘rt yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Qarshi shahrida ham “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida tantanali tadbirlar o‘tkazildi.

Qarshi shahridagi “Mustaqillik” ko‘chasi bo‘ylab viloyatdagi kuch tuzilmalari, jamoatchilik vakillari, faol yoshlar hamda sportchilar ishtirokida bayramona marsh yurish tashkil etildi. Yurish Asaka bank binosi ro‘parasidan boshlanib, viloyat musiqali drama teatrigacha davom etdi.

Tantanali harakat davomida ishtirokchilar ulkan Davlat bayrog‘ini baland ruhda ko‘tarib bordi. Hilpirab turgan milliy bayrog‘imizning shukuhi yo‘lovchilar va aholida yuksak faxr hamda zavq uyg‘otdi.

[gallery-26300]

Marsh yurishidan so‘ng viloyat teatri yonida bayramga bag‘ishlangan konsert dasturi namoyish etildi. Unda mahalliy san’atkorlar, ijodiy jamoalar va yosh iste’dodlar Vatan, tinchlik va milliy birlikni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar hamda chiqishlar bilan qatnashdi.

Tadbirlar yurtimizda milliy ramzlarni ardoqlash, yosh avlodda Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari