FOTOREPORTAJ
Bu manzil Doha markazidagi qadimiy shaharcha bo‘lib, unda savdo do‘konlari, restoran va choyxonalar, antikvariat hamda hunarmandchilik majmualari mavjud.
Kiyim-kechaklar, qo‘lbola usulda tayyorlangan sumka yoki esdaliklar, sovg‘alar, milliy shirinliklar, ziravorlarni arzon narxda olsa bo‘ladigan gavjum bir joy. Aynan shu manzilda Qatarning mahalliy aholisi qanday hayot kechirishiga guvoh bo‘lasiz.
[gallery-20713]
Suq Vaqif'ning bir chetida mahalliy aholi xush ko‘radigan yirtqich qushlar do‘koni – Falcon Souq joylashgan. Binoning ko‘rgazma zalida lochin va boshqa qushlar yog‘och o‘rindiqlarda turadi, ularning boshlari odatda oddiy yoki bezakli qalpoqlar bilan yopilgan. Do‘kon sotuvchisining nazorati ostida lochinni qo‘lga olish mumkin - buning uchun 10 riyal to‘lash kerak. Bu yerdagi lochinlar odatda ochiq kimoshdi savdolarida minglab dollarga sotiladi.
Shuningdek, bozor yaqinida tuyalar saqlanadigan joy ham bor.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA