Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dohada o‘zbekcha tomosha namoyish etilmoqda 
14:02 / 2024-02-23

Qatarning Doha shahrida “O‘zbekiston madaniyati, hunarmandchiligi va turizm kunlari” bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi, Qatar, Ozarbayjon madaniyat vazirlari, Qatar hukumati vakillari, mahalliy aholi hamda bu yerdagi o‘zbek diasporasi vakillari ishtirok etdi. 

Mehmonlar asrlar mobaynida sayqal topib kelayotgan hunarmandchiligimiz namunalari bilan tanishdi. Betakror milliy taomlarimizga yuksak baho berdi. Hunarmandlar va oshpazlar bilan suhbatda bo‘lishdi. 

Shu bilan birga, o‘zbek san’ati ustalari ishtirokidagi konsert dasturidan bahramand bo‘ldi. Mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktyorlari rejissyor Malika Iskandarovaning “Masxaraboz shou” tomoshasi bilan ishtirok etmoqda. Unda o‘zbek milliy an’analari, dorbozlik san’ati va milliy qadriyatlar tarannum etiladi. 

Milliy tomosha san’atimiz namoyishida Bahodir Ahmedov, Asqar Hikmatov, Baxtiyor Turg‘unov, Navfal Sulaymonov, Fayzulla Asqarov kabi aktyorlar ishtirok etmoqda. 

– Xalqaro tadbir o‘zgacha shukuhda o‘tmoqda. Xorijliklar o‘zbek san’atiga, bizning milliy liboslar va taomlarimizga katta qiziqish bildirmoqda, – dedi Asqar Hikmatov. – O‘ylaymanki, mana shunday xalqaro tadbirlar madaniyat almashinuviga va o‘zaro do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga yordam beradi. 

N.Usmonova, O‘zA