Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dohada merganlarimiz muvaffaqiyatga erishdi
09:56 / 2026-01-20

Qatarning Doha shahrida stenddan o‘q otish sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatga erishdi.

17 ta davlatdan 196 nafar sportchi ishtirok etgan qit’a chempionatida milliy terma jamoamiz a’zolari 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Murosasiz bahslar sarhisobiga ko‘ra, trap yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarda terma jamoamiz a’zosi Oxunjon Abduqodirov oltin, qizlar o‘rtasida Yaroslava Eshtayeva kumush, yoshlar o‘rtasidagi umumjamoa bahslarida Oxunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov va Shohrux Sadirovdan iborat sportchilarimiz 3-o‘ringa ega chiqdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA