Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dohada G‘azo bo‘yicha muzokaraning yangi bosqichi boshlandi
12:53 / 2025-07-08

Dohada Isroil va Falastinning XAMAS harakati o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish bo‘yicha bilvosita muzokaraning navbatdagi bosqichi boshlandi, deya xabar bermoqda "Al Araby" telekanali.

"France-Presse" manbasiga ko‘ra, Qatar vositachiligida kechayotgan maslahatlashuvda tomonlar kelishuvni amalga oshirish mexanizmi va Isroilda saqlanayotgan falastinlik mahbuslar bilan G‘azoda garovga olingan isroilliklarni almashish masalasi muhokama qilingan.

Mart oyida Isroil armiyasi Falastin anklavida jangovar harakatni qayta boshlab, yanvarda o‘rnatilgan sulhni buzgan edi. Misr, Qatar va AQSH vositachiligida o‘tkazilgan muzokaraning bir necha davrasida tomonlar yangi kelishuv sharti bo‘yicha kelisha olmagan.

2 iyul kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil 60 kunlik sulhga rozi bo‘lgani, shu muddat davomida tomonlar sektordagi mojaroga barham berishga harakat qilishini aytdi. 4 iyul kuni XAMAS Falastin fraksiyasi bilan maslahatlashuvdan so‘ng vositachilarga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga ijobiy javob berganini e’lon qildi.

G.Sattorova, O‘zA