Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Doha dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi (+video)
06:46 / 2024-02-25

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Dohada ilk marotaba o‘tkazilayotgan dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazma loyihasini taqdim etmoqda.

Anjumanda boy hunarmandchilik an’analari va zamonaviy ijod uyg‘unligini ko‘rish mumkin. Ko‘rgazma yog‘och va to‘qimachilik namunalari boy tarixi va rang-barangligi, ijodkorlarning mahorati va iste’dodini ham namoyish etadi.

Qayd etish kerak, jamg‘armaga O‘zbekistonning hunarmandchilik merosini keng jamoatchilikka yetkazish uchun biyennaleda ishtirok etish taklifi kelib tushgan.

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/5NH7m9og7UY" title="Doha dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasi ochildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Ko‘rgazma 2024-yil 30-martga qadar davom etadi.

B.Xudoyberdiyev, Yo.Meliboyev (video), O‘zA

Doha, Qatar