English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turnirida an’ana buzildi
15:59 / 2019-03-27

Shu kunlarda poytaxtimizda futbol bo‘yicha “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.


Shu kunlarda poytaxtimizda futbol bo‘yicha “Doctors community cup – Tashkent-2019” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.

Bugun bahslarga o‘zbekistonlik shifokorlar ham qo‘shilishdi. Vakillarimiz guruhdagi dastlabki uchrashuvini qirg‘izistonlik hamkasblariga qarshi o‘tkazdi va yirik – 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

ALM_5299-2208x1472.JPG

O‘yin kutilmaganda mehmonlarning xavfli hujumlari bilan boshlandi. Biroq, bu galgi musobaqaga shifokor-futbolchilarimiz jiddiy tayyorgarlik ko‘rishgandi. Shu bois ular raqib hujumlarini osonlik bilan bartaraf etdi va omadni mehmonlar darvozasi oldidan qidira boshladi. Ana shunday hujumlarning birida Qirg‘iziston terma jamoasi a’zolari o‘z jarima maydoni ichida o‘yin qoidasini buzishdi va hakam 11 metrlik jarima zarbasi belgiladi. Uni Shavkat Yusupov aniq bajarib, hisobni ochdi.

ALM_5329-2208x1472.JPG

Ikkinchi bo‘limga kelib vakillarimizning o‘yini yanada jonlandi va natijada raqib mehmonlar darvozasi yana ikki bor ishg‘ol etildi. Ushbu gollarni Sardor Muhammadiev hamda Farhod Umarov o‘z nomiga yozib qo‘ydi. Yakuniy hisob - 3:0, O‘zbekiston foydasiga.

Shu tariqa mahoratli mutaxassis, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Ahmadjon Musaev boshchiligidagi shifokor-futbolchilarimiz “Doctors community cup - Tashkent-2019” xalqaro turniri an’anasini buzishdi. Bungacha o‘tkazilgan ikkita o‘yinda tomonlar durangga imzo chekishgandi. Bugungi g‘alabadan keyin vakillarimiz A guruhida peshqadamlikni qo‘lga oldi.

ALM_5359-2208x1472.JPG

Endi shifokor-futbolchilarimiz guruhdagi ikkinchi uchrashuvini ertaga Tojikiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv soat 11:00da boshlanadi.