Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Doʻstlik tumanida mavsumda 150 tadan ziyod terim mashinasi ishlatiladi
19:11 / 2020-08-15

Jizzax viloyatining Doʻstlik tumani fermer xoʻjaliklari tomonidan joriy yilda 12 ming 900 gektar maydonda paxta yetishtirilmoqda.


Jizzax viloyatining Doʻstlik tumani fermer xoʻjaliklari tomonidan joriy yilda 12 ming 900 gektar maydonda paxta yetishtirilmoqda. Ayni kunlarda gʻoʻzaga soʻngi ishlovlarni berish bilan paxta yigʻim-terimiga tayyorgarlik ishlari ham qizgʻin olib borilayotir.

Paxta terimida qoʻl kuchining yetishmasligi odatdagi hol boʻlib qolgan viloyatning choʻl hududlarida terim mashinalariga ehtiyoj yuqori. Biroq yetishtirilgan hosilni yigʻishtirib olishda mashina terimini ulushi oʻta kamligi oldindan yalpi hosilning qanchasini mexanizmlar yordamida yigʻishtirib olishni ham aniq moʻljallash imkonini bermaydi.

Shu bois joriy yil paxta hosilini yigʻishtirib olishda terim mashinalari hissasini koʻpaytirishga harakat qilayotgan Doʻstlik tumani qishloq xoʻjaligi tashkilotlari mutasaddilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar eʼtirofga loyiq.

photo_2020-08-15_11-51-13.jpg

photo_2020-08-15_11-51-11.jpg

Ayni kunlarda tuman “Agroservis” MTP masʼuliyati cheklangan jamiyati ustaxonasida oʻtgan yili mavsumda qatnashgan 40 dona mashina toʻliq taʼmirlashga jalb etilgan. Ushbu mashinalarni taʼmirlash uchun zarur boʻlgan 75 turdagi ehtiyot qismlar sotib olishga 2 milliard 581 million 646 ming soʻm mablagʻ ajratildi.

– Bugun-erta ehtiyot qismlar keltirilishi bilan mashinalarni taʼmirlash ishlari 15 kun ichida oxiriga yetkazilib, mavsumga taxt qilinadi, – deydi tuman “Agroservis” MTP masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi Orif Norqulov.

– Shuningdek, mavsumda paxta tashishga jalb qilinadigan 341 tirkama ham texnik soz holatga keltirilmoqda. Tirkamalarni taʼmirlashga 1 milliard 900 million soʻm mablagʻ ajratildi. Hozirgacha ulardan 31 tasi toʻliq taʼmirdan chiqarildi. Shu bilan bir vaqtda “Keys”paxta terish kombaynlari operatorlarini tayorlash va qayta tayorlash ishlarini ham nihoyasiga yetkazayotirmiz.

photo_2020-08-15_11-51-07.jpg

photo_2020-08-15_11-51-08.jpg

Bundan tashqari, tuman fermer xoʻjaliklari tomonidan sotib olingan 20 dona yangi paxta terish mashinasi ham mavsumga shay turibdi. Hududdagi mashina terimi imkoniyatlari va tajriba hisobga olinib tumanda “Doʻstlikpaxtatex” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etilib, unda eskirgan mashinalarni qayta tiklash yoʻlga qoʻyildi.

Hozir ushbu masʼuliyati cheklangan jamiyatiga respublikaning turli hududlaridan 125 dona eski, ishdan chiqqan “Keys 2022” terim mashinasi keltirildi. Korxonada eski mashinalarni qayta yigʻish hisobiga ulardan eng kami 40 donasini yaroqli holga keltirish moʻljallanayotir.

Shuningdek, respublika hukumatining yordami bilan paxta terimi boshlangunga qadar yana tumanga 100 dona yangi terim mashinasi harid qilish boʻyicha ish olib borilayotir. Bu mashinalarning asosiy qismi hududdagi talabgorlarga sotiladi. Hozir hududdagi “Sangzor parranda” agroklasteri mashinalarni olish istagini bildirdi.

photo_2020-08-15_11-51-05.jpg

photo_2020-08-15_11-51-03.jpg

Yangi texnikalarni xarid qilish, eskilarni tiklash boʻyicha olib borilayotgan bu ishlar amalga oshirilishi bilan tumanda joriy mavsumda 150 donadan ziyod terim mashinasini ishlatish imkoniyati yaratiladi.

– Xukumatimiz tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikalarini, butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni kengaytirish hamda mahalliylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli qishloq xoʻjaligi tashkilotlari va klasterlarining paxta terim mashinalarini xarid qilishda imkoniyatlari kengaydi, – deydi Oʻzagroinspeksiyaning Doʻstlik tumani boʻlimi boshligʻi Murodjon Nurillo Allashev.

– Ayni paytda inspeksiyamiz tomonidan hukumatimizning bu sohadagi qarorlari bajarilishi izchil nazorat qilib borilayotir. Texnika parklari bazasini mustahkamlashda amalga oshirilayotgan bu ishlar paxta terimi mavsumini tez va muvaffaqiyatli oʻtkazishga xizmat qiladi.

photo_2020-08-15_11-51-10.jpg