English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Doʻstlik spartakiadasi“da 1500 ga yaqin havaskor sportchi ishtirok etdi
16:07 / 2018-11-26

Poytaxtimizda turli vazirlik, idora va tashkilotlar markaziy apparati xodimlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan sportning futbol, badminton, stol tennisi, shashka va shaxmat, turlari boʻyicha “Doʻstlik spartakiadasi” oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada 1500 nafarga yaqin havaskor sportchi ishtirok etdi.

Musobaqaning soʻnggi kunida futbol boʻyicha gʻoliblar nomi aniqlandi. Toshkent shahridagi “Milliy” stadionida oʻtgan final oʻyinida “Asaka bank” va “Toshshahartransxizmat” jamoalari oʻzaro raqobatlashdi. Unda “Asaka bank” jamoasi raqiblarini 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Shuningdek, shashka boʻyicha oʻtgan bahslarda Gulchehra Ashurova va Shuhrat Asaboyev, stol tennisi musobaqasida Dilafruz Azimova va Sanjar Mahamatxanifov, badminton bellashuvlarida Akmal Orifjanov va Anna Smirnova shaxmat boʻyicha esa Suxrob Jumayev, va Sevara Aliqulova birinchi oʻrinni egalladi.

“Doʻstlik spartakiadasi” gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari va diplom bilan munosib taqdirlandi.

Musobaqaning yopilish marosimida Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev ishtirok etdi.

9.jpg

8.jpg

14.jpg