Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dmitriy Peskov Moskvaning Vashingtongga nisbatan munosabati haqida fikr bildirdi
10:07 / 2021-01-25

Moskva AQSH bilan hamkorlik qilishga intiladi, lekin Vashingtonning “o‘z amrini o‘tkazishga urinishiga” toqat qilmaydi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossii 1” telekanali efirida shunday fikrni aytdi.  

“Murosaga tayyormiz, lekin qo‘polikka va “haddan oshish”ga tayyor emasmiz”, dedi u.  

Peskovning ta’kidlashicha, Moskva Vashington bilan davomli yaxshi munosabatlar o‘rnatishga intiladi va bunga mos tarzda sa’y-harakatlarni ko‘rib kelmoqda.  

Lekin Amerika tomonining javobisiz hamisha shunday bo‘lavermaydi.  

“Biz amerikaliklarni hamkor deb bilishga tayyormiz. Ular tayyor emas. Lekin bu yerda majburan muloyim bo‘lolmaysan”, dedi Peskov.