Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 12 fevral kuni qishloq xo‘jaligida ishga solinmagan yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda qishloq xo‘jaligida unumdorlikni oshirish, tannarxni kamaytirish masalalari keng muhokama qilindi.
Tannarxni kamaytirish fermer xo‘jaliklarini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash masalasi bilan ham chambarchas bog‘liq. Bu borada “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan qanday choralar amalga oshirilmoqda?
Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov ushbu tizimda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hx94v9Zyfrk" title="Dizelning birjadagi narxlarini 15 foizgacha pasaytirish choralari koʻrilyapti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Raisning qayd etishicha, qishloq xo‘jaligida dizel yoqilg‘isiga bo‘lgan xarajat eng katta xarajatlardan biri hisoblanadi. Videoselektor yig‘ilishida 2024 yilda 680 ming tonna dizel yoqilg‘isining sifatini ta’minlash, arzon narxda fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish vazifasi qo‘yildi. “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ushbu vazifani bajarish ta’minlanadi. 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 200 ming tonna qo‘shimcha dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Shuningdek, dizel yoqilg‘isining tannarxini pasaytirish borasidagi topshiriqlar bo‘yicha ham barcha hisob-kitoblar qilindi. Dizel yoqilg‘isining birjaga qo‘yiladigan narxlarini 15 foizgacha pasaytirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilyapti.
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi intervyusining to‘liq variantini quyidagi videohavola orqali ko‘rish mumkin.
Muhtarama Komilova, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA