Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dizel yoqilg‘isini noqonuniy tarzda olib kirishga yo‘l qo‘yilmaydi
17:22 / 2022-12-22

So‘nggi kunlarda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti orqali yurtimiz hududiga dizel yoqilg‘isini noqonuniy tarzda olib kirishga bo‘lgan urinishlar bo‘lyapti.

Qo‘shni davlatdan yurtimiz hududiga kirib kelgan yuk avtotransport vositasi bojxona xodimlari tomonidan tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganda, ushbu avtotransport vositasining tirkamasi ostiga bojxona nazoratidan yashirish maqsadida berkitilgan 1 ming 200 litr  dizel (solyarka) yoqilg‘isi borligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan dizel yoqilg‘isining umumiy qiymati 18 million so‘mni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yil hisobida “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan jami 58 ta holatda dizel yoqilg‘isini olib kirishga bo‘lgan urinishlar aniqlangan. Qariyb 50 tonna dizel yoqilg‘isining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan. Bu esa umumiy hisobda 616 million so‘mni tashkil etadi.  

Zarif Komilov, O‘zA