French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dizel yoqilg‘isi talon-toroj qilinishining oldi olindi
16:05 / 2024-09-26

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dizel yoqilg‘isi talon-toroj qilinishining oldi olindi.

“T.N.B.” mas’uliyati cheklangan jamiyat Qo‘ng‘irot filiali sex mudiri Z.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan 2 ming 222 litr dizel yoqilg‘isini hech qanday hujjatsiz filialga tegishli yoqilg‘i tashuvchi avtomashinasida “K.Sh.” mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlandi. Ushbu dizel yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.