English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diyorbekning yangi hayoti: ishonch, imkoniyat va g‘alaba sari qadam (+video)
20:48 / 2025-12-10

Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi Yoshlik mahallasida istiqomat qiluvchi Diyorbek Muzaffarov uchun joriy o‘quv yili muhim burilish davri bo‘ldi. Besh yil davomida uy sharoitida ta’lim olgan Diyorbek 4-umumta’lim maktabining inklyuziv sinfiga qabul qilindi. Ushbu qaror o‘quvchi hayotida yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Maktab jamoasi tomonidan ko‘rsatilgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlov, sinfdoshlari bilan birga o‘qish imkoniyati Diyorbekning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirdi. U ishtirok etayotgan vokal to‘garagi esa yosh iste’dod egasining qobiliyatini yuzaga chiqarishga xizmat qildi.

– Dastlab hayajonlandim, - deydi  Diyorbek Muzaffarov. – Sinfdoshlarim va o‘qituvchilar meni iliq kutib oldi, tezda o‘rganib ketdim. Yangi do‘stlar va ustozlarimning e’tibori menga kuch berdi. Bundan tashqari, qo‘shiq aytishga ishtiyoqim bor. Uyda doim onam bilan mashq qilganman. Maktabdagi to‘garakka qatnashib, ovozimni rivojlantirish imkonim paydo bo‘ldi. Yaqinda “Sen iste’dodlisan” tanlovining respublika bosqichida qatnashib, mamlakat bosqichi g‘olibi bo‘ldim. Kelajakda o‘qishni davom ettirib, yaxshi qo‘shiqchi bo‘lish niyatidaman.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8X5PWXb8DKw" title="Diyorbekning yangi hayoti: ishonch, imkoniyat va g‘alaba sari qadam" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Siroj ASLONOV (surat va video), O‘zA