Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diyorbek Boybo‘lsinov jahon kubogida ikkinchi bo‘ldi
15:17 / 2025-06-15

Italiyaning Vareze shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon kubogi davom etmoqda. Quvonarlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ilk medalini qo‘lga kiritdi.

Jumladan, jahon kubogining PR2m1x dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Diyorbek Boybo‘lsinov finalga qadar yetib bordi va marraga 8 daqiqa 42.71 soniyada ikkinchi bo‘lib yetib kelgan holda kumush medal bilan taqdirlandi.

Darvoqe, jahon kubogining ushbu yo‘nalishidagi oltin va kumush medallarni Tirnan O‘donnell (Irlandiya) hamda Yigit Dog‘ukan Bozkurtga (Turkiya) nasib etdi.

Ma’lumot o‘rnida: Tailandda para kanoe bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo kubogining bugungi bahslarida terma jamoamiz a’zolari 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA