Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diyora Keldiyorovaning “Katta dubulg‘a”dagi oltinlari beshtaga yetdi
23:49 / 2024-02-16

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” musobaqasining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi -52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova finalda ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori italiyalik Odette Jufrida ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Dzyudochimiz ushbu medal bilan birgalikda jahon va “Parij-2024” Olimpiada reytingi uchun 1000 ochkoni ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi. 

Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu g‘alaba kelasi hafta D.Keldiyorovani jahon reytingi peshqadamiga aylantiradi. Qayd etish joiz, bu Diyora Keldiyorovaning “Katta dubulg‘a” musobaqalaridagi beshinchi oltin medalidir.

Shuningdek, musobaqada Doston Ro‘ziyev va Halima Qurbonova bronza medaliga sazovor bo‘ldi hamda ular jahon va Olimpiya o‘yinlari reytingining 500 ochkosini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA