Diyora Keldiyorova: “Munosiblarga ovoz berdim”
Mamlakatimizda davom etayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovda ovoz berish jarayonlarida sportchilar ham faol ishtirok etmoqda. Vatan kelajagiga daxldorlik hissi bilan yashayotganlar orasida Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlarining g‘oliblari, sovrindorlari ham borligi e’tiborlidir.
Bugun poytaxtimizning Yakkasaroy tumani, “Damariq” MFYda joylashgan 547-saylov uchastkasida dzyudo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Diyora Keldiyorova ham ovoz berish jarayonida qatnashdi.
– Yangi O‘zbekistonning yangi kelajagini bunyod etish, uning taraqqiyotini ta’minlashda saylanajak deputatlarning o‘rni beqiyos. Shu jihatdan o‘zim tanlagan munosib nomzodlarga ovoz berdim, – deydi Diyora Keldiyorova.
T.Ro‘ziyev, O‘zA