Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diyora Keldiyorova “Katta dubulg‘a” turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi
19:48 / 2022-11-04

Ozarbayjonda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirining birinchi kun bellashuvlari yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan, jahon elitasi qatoriga kirib borayotgan Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasuren ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyat dzyudochimiz uchun "Parij – 2024" Olimpiadasi yo‘lida 500 reyting ochkosini taqdim qiladi.

Shuningdek, Sita Qadamboyeva (-52 kg) bronza medali uchun bahsda polshalik Aleksandra Kaleta ustidan g‘alaba qozondi. Bu Qadamboyeva uchun faoloyatida “Katta dubulg‘a” turniridagi ilk medal bo‘ldi.

Afsuski, Kemran Nurillayev (-60 kg) uchunchi o‘rin uchun bahsda imkoniyatni boy berib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi.

O‘zA