Diyora Keldiyorova – IJF Atletlar komissiyasi a’zoligiga nomzod
Vengriya poytaxti Budapeshtda davom etayotgan jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi a’zoligi uchun saylov o‘tkazilishini e’lon qildi.
E’tiborli jihati, nomzodlar qatorida "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, hamyurtimiz Diyora Keldiyorova nomi ham qayd etilgan bo‘lib, u Darya Bilodid (Ukraina), Ryonosuke Haga (Yaponiya), Natan Kas (Avstraliya) va Keytlin Kuadros (Braziliya) bilan Atletlar komissiyasi a’zoligi uchun kurash olib boradi.
Ayni kunlarda saylov jarayoni boshlangan bo‘lib, akkreditatsiyadan o‘tgan mutaxassis va komissiya a’zolari nomzodlarga ovoz bermoqda.
Saylov natijalari chempionat yakunida e’lon qilinadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA