Yana ikki kundan keyin futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumi boshlanadi. Yangi mavsumga Liga hamda klublar qanday tayyorgarlik ko‘rgani futbol ishqivozlari uchun qiziq. Biz shunday inson bilan suhbat olib borishimiz kerak ediki, u Superliganing ayni vaqtdagi ichki manzarasini to‘liq, boricha tasvirlab berishi kerak edi. Bu inson, albatta, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi direktori - Diyor Imomxo‘jayev.
Diyor Imomxo‘jayev jurnalistikadan chiqqani tufayli ko‘plab rahbarlarga xos bo‘lmagan tarzda juda ravon va aniq fikrlarini yetkazib bera oladi. 2 soatga yaqin davom etgan intervyuda sizni befarq qoldirmaydigan bir qator masalalar ko‘tarildi;
- Jumladan, O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumida ro‘y berishi kutilayotgan o‘zgarishlar, yangi kiritilayotgan qoidalar;
- O‘z homiysidan ayrilgan "Nasaf", "Buxoro" va "Bunyodkor"ning taqdiri nima bo‘lishi va yana qaysi klublar moliyaviy qiyin ahvolda qolganligi;
- Superliga klublarining media tomondan juda sustligi, O‘zPFL esa o‘zini-o‘zi boqishi uchun ulardan farqli mediaga katta urg‘u bergani;
- Katta doiralarda ikkinchi darajali sifatida qaralayotgan O‘zbekiston Superligasi va g‘oyaviy urushlar;
- Pro liga klublari soni sun’iy ko‘paytirildimi? Bunga Diyor Imomxo‘jayevning javobi.
Istalgan o‘zbek futboli ixlosmandini befarq qoldirmaydigan mavzular intervyumizda muhokama qilingan. Qaltis savollarga dangallik bilan javob berilgan, yuqori tempi bilan sizni zeriktirib qo‘ymaydigan intervyuni "You Tube" kanalimizda tomosha qiling:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FNxY6kqjs9g" title="Diyor Imomxo‘jayev: har bir klub ko‘zini ochishi kerak" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, Oybek Davronov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA