Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Direktor o‘rinbosari maslahatchisiga 104,5 mln. so‘m to‘lab berildi
19:00 / 2023-07-20

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Andijon tumanida istiqomat qiluvchi T.I. ish joyidan noqonuniy tarzda bo‘shatib yuborilgan edi. Sudning qarori bilan u o‘z ishiga qayta tiklanishi belgilandi.  

Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga Andijon viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining da’vogar T.I.ni Andijon shahrida faoliyat olib borayotgan qo‘shma korxonalardan biriga direktor o‘rinbosari maslahatchisi lavozimiga yoki shu lavozimga teng boshqa lavozimga ishga tiklanishi, majburiy progul uchun jami 104 570 111 so‘m ish haqi va moddiy yordam puli undirilishi bo‘yicha ijro varaqasi kelib tushgan.  

Ma’lumki, amaldagi mehnat qonunchiligiga asosan mehnat shartnomasida g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishga tiklanishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.  

Mazkur talab asosida ish beruvchiga byuro xodimlari tomonidan tegishli tartibda talabnoma yuborilib, ijro harakatlari olib borilgan.  

Natijada qo‘shma korxona bosh direktorining buyrug‘i bilan T.I. bosh direktor o‘rinbosari maslahatchisi lavozimiga tiklandi hamda majburiy progul kunlari uchun 104 570 111 so‘m to‘lab berildi.  

Xulosa qilib aytganda, har bir ish beruvchining qonunga qat’iy amal qilishi mehnat nizolarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.  

O‘zA