Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Direktor kubogi” g‘oliblari rag‘batlantirildi
16:06 / 2025-12-09

Poytaxtimizda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi hududiy boshqarmalari o‘rtasida “Direktor kubogi” futbol musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda respublikaning barcha hududlaridan jamoalar ishtirok etib, do‘stlik va sog‘lom raqobat ruhida kuch sinashdi.

Jamoalar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan turnirda jami 10 ta jamoa ishtirok etib, o‘z hududlari sharafini munosib himoya qildi.  

Natijalarga ko‘ra, uchinchi o‘rinni Jizzax viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni esa Farg‘ona jamoasi egalladi. Birinchi o‘rin Sirdaryo viloyati jamoasiga nasib etdi.  

G‘olib va sovrindorlarni Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Otajonov taqdirladi. Ularga diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA