Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diqqat tanlov!!!
11:38 / 2020-09-22

2021-yil uchun arxeologiya ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantura (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka tanlov eʼlon qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Milliy arxeologiya markazi

2021-yil uchun arxeologiya ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantura (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka tanlov eʼlon qiladi

Ixtisoslik shifri

 Ixtisoslik nomi

  Qabul kvotasi

1

07.00.06 

   Arxeologiya

          3

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim: magistr darajasi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlish;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam boʻlmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega boʻlgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutiga qabul qilinadigan talabgorlarning tayanch mutaxassisligi oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutidagi ixtisoslik tegishli boʻlgan fan tarmogʻiga muvofiq boʻlishi kerak.

Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka daʼvogarlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. 1. ariza;
  2. 2. qisqacha biografik maʼlumotnoma;
  3. 3. mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  4. 4. oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
  5. 5. nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
  6. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Hujjatlar 2020-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha http://phd.mininnovation.uz sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

KIRISH IMTIHONLARI QUYIDAGI FANLARDAN OʻTKAZILADI:

  1. Mutaxassislik fani

2. Chet tili (Taʼlimning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til)

Imtihonlar 2020-yil 1-25-noyabr kunlari oraligʻida oʻtkaziladi.

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 81-uy.

Telefonlar: (66) 232-15-13