DIQQAT: ta’lim sohasida ommaviy qabul!
Aholining ta’lim sohasida o‘z yechimini kutayotgan masalalarini joyida tezkor hal etish maqsadida 27 sentyabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Milliy universiteti bog‘ida Vazirlar Mahkamasining ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida ommaviy qabul tashkil etiladi.
Manzil: Toshkent shahri, “Universitet” ko‘chasi.
O‘zA