Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Diqqat piyoda!” tadbiri: Dastlabki 5 kunda Toshkent viloyatida 1524 fuqaroga chora ko‘rildi
15:13 / 2019-12-18

Ichki ishlar vazirligi YHXBB ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat miqyosida sodir etilayotgan har ikki yo‘l transporti hodisasining biri piyodalar ishtirokida sodir bo‘lmoqda.


Ichki ishlar vazirligi YHXBB ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat miqyosida sodir etilayotgan har ikki yo‘l transporti hodisasining biri piyodalar ishtirokida sodir bo‘lmoqda. Bu holat tezkor choralar ko‘rishni talab etadi.

Shu maqsadda mamlakatimizda 10-20 dekabr kunlari “Diqqat piyoda!” tadbiri e’lon qilingan. Ushbu tadbirda faol ishtirok etish maqsadida Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ham bir qator ishlar amalga oshirildi. 

Viloyat yo‘l patrul xizmati inspektorlari transport vositasi serqatnov yo‘llarga yaqin joylashgan korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalari qarshisida joylashgan piyodalar o‘tish joylariga biriktirilib, harakat xavfsizligini ta’minlash bilan bir qatorda qoidabuzarlik sodir etgan piyodalarga tegishli tartibda choralar ko‘rmoqda. 

Bugunga qadar Toshkent viloyati hududida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi talablari bo‘yicha piyodalarga 1524 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishli tartibda ularning yashash hududidagi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga jo‘natildi.

Shu kabi profilaktik tadbirlar Toshkent viloyatining barcha hududida davom etmoqda.

Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati.