Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DIQQAT EʼLON: Shon-sharaf muzeyiga fuqarolardan eksponatlar yigʻilmoqda
19:59 / 2020-03-24

Muzey ekspozitsiyalar fondini shakllantirish va boyitish uchun Ishchi guruhga amaliy yordam berishingizni soʻraymiz.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligini munosib nishonlash toʻgʻrisida”gi PQ-4495-sonli qarori asosida Toshkent shahar Olmazor tumanida Gʻalaba bogʻi hamda uning hududida Shon-sharaf muzeyi bunyod etilmoqda.

Muzeyda Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk gʻalabaga Oʻzbekiston xalqining qoʻshgan ulkan hissasi aks ettiriladi hamda yurtdoshlarimizning jang maydonlarida va front ortidagi matonati, mardligi, jasorat va fidoyiligi, insonparvarligi va bolajonligi koʻrsatib beriladi.

Aziz vatandoshlar!

Muzey ekspozitsiyalar fondini shakllantirish va boyitish uchun Ishchi guruhga amaliy yordam berishingizni soʻraymiz.

Siz Ikkinchi jahon urushi frontlarida jang qilgan va front ortida mashaqqatli mehnat qilgan vatanparvar yurtdoshlarimiz faoliyati haqida maʼlumot beruvchi ashyolarni muzeyga topshirish orqali muzey eksponatlari fondini yana-da boyitishga va ajdodlar nomini abadiylashtirishga munosib hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Siz muzeyga topshirgan ashyolar mutaxassislar tomonidan qabul qilinadi hamda qahramon haqidagi maʼlumotlar qayd qilinib, yoʻnalishi boʻyicha ekspozitsiyaga joylashtiriladi. Shuningdek, front va front ortida fashizm balosiga qarshi kurashgan ajdodlarimiz haqidagi toʻliq maʼlumotlar oʻzbek, rus va ingliz tillarida muzeyning Axborotlar bazasiga joylashtiriladi.

Gʻalaba bogʻi va Shon-sharaf muzeyi 2020-yilning 9-may kuni arafasida foydalanishga topshiriladi.

Hamkorlik uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.

Eksponatlar qabul qilinayotgan manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani 9-daha, Rixsiliy koʻchasi 9-uy. Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali. (sobiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti binosi). Moʻljal: Zenit zavodi va Korzinka.uz supermarketi.

Shuningdek, uzoq viloyat va tumanlardagi fuqarolarimiz oʻz ashyolarini joylardagi mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlari orqali ham topshirishlari mumkin.

Murojaat uchun telefonlar: 71 269-87-93, 99 877-44-08, 90 516-86-23.

Shon-sharaf muzeyi ekspozitsiyalar fondini shakllantirish va boyitish boʻyicha Ishchi guruh.