Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diqqat: “DOK-1 MAKS sirop 100 ml” va “DOK-1 tabletki №10” dori vositalari uyingizda saqlanayotgan bo‘lsa, zinhor qo‘llamang!
17:15 / 2022-12-29

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi dorixonalarda Hindistonning “Marion Biotech Pvt.Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “DOK-1 MAKS sirop 100 ml” va “DOK-1 tabletki №10” dori vositalarining realizatsiyasini to‘xtatish, realizatsiya qilingan qoldiq dori vositalarini dorixonalardan chaqirib olish ko‘rsatmasini berdi.

Ushbu dori vositasi respublikamizdagi barcha dorixonalarning rastalaridan tezkorlik bilan yig‘ib olindi. Agar biror bir tadbirkorlik sub’ektida mazkur “DOK-1 MAKS sirop 100 ml” va “DOK-1 tabletki №10” dori vositalari qoldiq tarzida qolgan bo‘lsa, bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining murojaatlar bo‘limiga zudlik bilan xabar berishingiz so‘raladi.    

 O‘zA