“Diplomatik xizmat a’lochisi” va “Diplomatik xizmat fidoyisi” ko‘krak nishonlari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Diplomatik xizmat a’lochisi” va “Diplomatik xizmat fidoyisi” ko‘krak nishonlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
“Diplomatik xizmat a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom;
“Diplomatik xizmat a’lochisi” ko‘krak nishoni va guvohnomasining tavsiflari;
“Diplomatik xizmat fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom;
“Diplomatik xizmat fidoyisi” ko‘krak nishoni va guvohnomasining tavsiflari tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 avgustdagi PF-133-son Farmoni bilan “Diplomatik xizmat a’lochisi” va “Diplomatik xizmat fidoyisi” ko‘krak nishonlari ta’sis etilgan.
O‘zA