French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Diplomat Judo" klubi a’zolarining muvaffaqiyatlari
10:30 / 2026-03-03

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha an’anaviy “Alibeyli Cup II” xalqaro turnirida O‘lmas Gulliyev murabbiyligidagi "Diplomat Judo" klubi tarbiyalanuvchilari yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Samiyusuf Abbasov (-34 kg.) o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi. Jasur Aliyev (-27 kg.) hamda Muhammadyusuf Beshimov (-30 kg.) kumush medallarga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Shohdiyor Umarov (+46 kg.) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, yosh dzyudochilarimiz xalqaro maydonda munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini yana bir bor yuksak darajada himoya qildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA