French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni topshirildi
15:18 / 2024-11-26

Mir Arab Oliy madrasasida bir guruh buxoroliklarga “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni taqdim etdi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Erkin Majidov so‘zga chiqib, yurtimizda diniy-ma’rifiy soha rivoji yo‘lida olib borilayotgan izchil sa’y-harakat xususida  to‘xtalib, yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan buxoroliklarni samimiy tabrikladi.  

– Bugun xalqimizning azaliy qadriyatlari, ulug‘ ajdodlarning donishmandlik an’analariga amal qilinib, O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi, – deydi viloyat bosh imom-xatibi, Mir Arab Oliy madrasasi rektori Jobir Elov. – Buni mamlakatimizning tashqi va ichki siyosati, iqtisodiy ijtimoiy, madaniy hamda diniy-ma’rifiy sohalardagi tub islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, so‘nggi yetti yilda mamlakatimizda turli millatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, birdamlik va hamkorlik muhitini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash hamda tinchlik-totuvlikni ta’minlashga qaratilgan izchil va puxta o‘ylangan siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda. Binobarin, xalqimizning qoniga singib ketgan bag‘rikenglik an’anasi doimo rag‘batlantirilib kelinmoqda.  

Quvonarlisi, o‘tgan yili buxoroliklardan 8 nafari mazkur mukofot bilan taqdirlangan. Joriy yilda shunday e’tirofga sazovor bo‘lgan buxoroliklar soni 5 nafarni tashkil etdi.    

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri