English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dilorom Karimova: "Barcha muammolar ilmsizlikdan va mas’uliyatsizlikdan kelib chiqadi!" (+video)
09:53 / 2024-05-15

Ilm chegarasiz ummondir. U insonlarni borliqni his etish, voqelikni idrok etish, ma’naviy va moddiy olamni anglashga, tafakkurini shakllantirishga undaydi. Ilm yashash chirog‘idir. U insonlarga baxt keltiradi, yorug‘likka chorlaydi, jaholatdan yiroqlashtiradi.

Ilmsizlik natijasida yoki ilmning sof manfaatini o‘rniga o‘zining shaxsiy manfaatini oldinga qo‘yish oqibatida jamiyatda nizolar, kelishmovchiliklar vujudga kelmoqda.

Ilmsizlik orqasidan oddiy bir jumla noto‘g‘ri talqin qilinib, umuman boshqa bir dalillar bilan asoslantirilishi oqibatida insonlarning umidsizlik darajasi ortib ketmoqda, hayotning ozgina mashaqqatlariga duch kelinsa sabrsizlikka yo‘l qo‘yilmoqda, natijada, huquqbuzarliklar sodir etilib, chaqaloqlarni sotish, akaning ukasidan o‘g‘irlik qilishi, qaynona va kelin o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, buning ortidan ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, hattoki, o‘zining joniga qasd qilish holatlari ham kuzatilmoqda.  

"O‘zbegoyim" loyihasining navbatdagi mehmoni O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek xalqining yuragidan joy olgan aktrisa va rejissyor Dilorom opa Karimova bilan bugungi kunning illatiga aylanib ulgurgan ilmsizlik, mas’uliyatsizlik va uning keltirib chiqarayotgan cheksiz oqibatlari to‘g‘risida batafsil suhbatlashdik.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/gBfzFpug4oM" title="Dilorom Karimova: “Barcha muammolar ilmsizlikdan va masʼuliyatsizlikdan kelib chiqadi!”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA