Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dilmurod «Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» xalqaro tanlovi g‘olibi
18:51 / 2021-05-20

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-bosqich talabasi Dilmurod Dilmurodov «Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichidan siyosatshunoslik yo‘nalishida faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, ushbu tanlov Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida 2019 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Dilmurod universitet siyosatshunoslik kafedrasi professori, siyosatshunoslik fanlari doktori E’tibor Sultanova ilmiy rahbarligida «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan ijtimoiy-siyosiy va inson huquqlari sohalariga taalluqli reytinglardagi o‘rnini yaxshilash» mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Uning bir qator ilmiy-publitsistik maqolalari, tezislari, adabiy-badiiy ijod namunalari nafaqat O‘zbekiston, balki xorijiy, xususan Indoneziya, Ukraina, Amerika davlatlarining ommaviy nashrlaridan o‘rin olgan.

Nigora Rahmonova, O‘zA