Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dildora Yusupova: Turkistonda xotin - qizlar masalasi "siyosiy va ijtimoiy eksperiment"ga aylangandi... (+video)
08:20 / 2025-09-10

1917 yildagi "Fevral inqilobi", Toshkent shahri hokimiyatining bolsheviklar tomonidan qo‘lga kiritilishi bevosita Turkiston ijtimoiy vaziyatiga ham ta’sir qiladi. Jadidlar, sotsialistlar, bolsheviklar ayollar bo‘yicha o‘z qarashlarini olg‘a sura boshlaydi. Ular ichida eng mo‘’tadil yondashuv jadidlarniki edi.

Millat oydinlari o‘zbek ayoliga avval ta’lim berish, so‘ngra millat rivojidagi rolini oshirish haqida yozishar, chiqishlar qilardi. Bolsheviklar esa Turkiston ayollarini paranjidan, “uy zindonidan ozod qilish”ga va jamiyatda faol bo‘lishga chaqirar va hatto kuch bilan undardi. Ya’ni, 1917 yildan boshlab ayol siymosi va shaxsi siyosiylashadi, har bir siyosatchi ayollar  masalasida o‘z fikrini bildira boshlaydi.

XX asrning 20 yillarida Turkiston ayollari ustidan eng katta siyosiy va ijtimoiy eksperiment o‘tkazildi. Xotin-qizlarning «manfaati» yo‘lida ular majburiy ijtimoiy hayotga tortildi. Bu davrda ojizalarni “ozod qilish” siyosati nafaqat Sovet davlatida, balki Turkiya, Eronda ham kuzatildi. Ya’ni jarayon Yaqin Sharqda va musulmon jamiyatlarda ketayotgan umumjahon tarixiy voqelikka aylandi.  

"Tarix haqiqatlari" loyihasining bu galgi sonida falsafa fanlari doktori, dotsent Dildora Yusupova bilan XIX asr oxiri XX boshida Turkistonda "xotin-qizlar masalasi"ning siyosiylashuv jarayonlari haqida batafsil suhbatlashdik.

<iframe width="798" height="449" src="https://www.youtube.com/embed/hUYRfD5z9As" title="Dildora Yusupova: Turkistonda xotin - qizlar masalasi &quot;siyosiy va ijtimoiy eksperiment&quot;ga aylangandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA