Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dilbar va barhayot satrlar sohibi
15:28 / 2020-01-17

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida “Bobur va musiqa” nomli maʼruza mashgʻuloti asosida ochiq dars boʻlib oʻtdi.

14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida “Bobur va musiqa” nomli maʼruza mashgʻuloti asosida ochiq dars boʻlib oʻtdi.

Unda mazkur oliy taʼlim dargohining musiqiy-nazariy fanlar kafedrasi professori, sanʼatshunoslik fanlari doktori Oqilxon Ibrohimov oʻz tadqiqotlari natijalari xususida maʼlumot berdi.

Musiqashunos olimning XIV-XVI asrlar Oʻrta Osiyo musiqa tarixi fanidan oʻtkazilgan mazkur ochiq darsida xalq ijodiyoti, ashula va raqs mutaxassisligi magistrantlari hamda kasb taʼlimi, cholgʻu ijrochiligi taʼlim yoʻnalishi talabalari mavzu doirasida XIV asr oxiri XVI asr boshlarida Turkiston musiqa madaniyati, saroy anʼanalari, Bobur shaxsi, ilmiy-ijodiy qiziqishlari va maqom sanʼati xususidagi oʻzlari uchun kerakli va yangi ilmiy maʼlumotlarga ega boʻldi.

Manbalardan maʼlumki, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyot, sheʼriyat, tarix, geografiya, falsafa bilan birga musiqa sanʼatiga ham katta qiziqish, ehtirom bilan qaragan, musiqa ilmini puxta tushungan ijodkorlardan sanalgan. Ayni paytda uning koʻplab gʻazal va ruboiylari musiqiy va dilbar ohangi, sermazmunligi bois hanuz xalqimiz tomonidan sevib tinglanadi.

Qiziqarli maʼruza asosidagi ushbu ochiq darsni kafedraning yosh professor-oʻqituvchilari ham kuzatib bordi. Aytish joizki, professor Oqilxon Ibrohimov musiqa ilmini, nazariyasini oʻrganish va rivojlantirishda faol ijod qilayotgan olimlardan hisoblanib, uning qoʻllanmalari, monografiyalaridan sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim dargohlarida foydalaniladi.