Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Diana Onkes VI "BRIKS" o‘yinlari sovrindori
22:50 / 2024-06-13

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida VI "BRIKS" o‘yinlarining ilk kunida O‘zbekiston delegatsiyasi dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.

Sinxron suzish bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Diana Onkes texnik solo dasturida bronza medali sohibiga aylandi. 

Mazkur yo‘nalishda oltin medal rossiyalik Svetlana Kolesnichenkoga nasib etgan bo‘lsa, belaruslik Vasilina Xondoshko kumush medali bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, “BRIKS” musobaqalarida 250 nafardan ziyod sportchimiz qatnashmoqda. Umid qilamizki, ushbu sport tadbirida sportchilarimiz ko‘plab medallarga sazovor bo‘ladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA