Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Devis kubogi": O‘zbekiston terma jamoasining tarkibi aniq bo‘ldi
11:30 / 2026-01-30

Avval xabar berganimizdek, tennis bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 7-8 fevral kunlari Nigeriyaning Lagos orolida joylashgan “Lagos Lawn Tennis Club” majmuasida “Devis kubogi” doirasida mezbonlar bilan kuch sinashadi.

Aniqroq aytganda, nufuzli musobaqaning II Jahon guruhi doirasida o‘tkaziladigan ushbu bahsda Nigeriya va O‘zbekiston terma jamoalari navbatdagi bosqich yo‘llanmasi uchun o‘zaro raqobat olib boradi. Mazkur uchrashuvda ishtirok etadigan har ikki jamoaning tarkibi aniq bo‘ldi.

Ushbu bahsda O‘zbekiston terma jamoasi safida Humoyun Sultonov, Ilya Ignatov, Abdulaziz Usmonjonov va Suhrob Saidov kortga chiqadi. Nigeriya terma jamoasi esa Daniel Adeleye, Abua Kanise, Maykl Emmanuel, Oparaoji Uchenna hamda Yusuf Abubakar kabi tennischilar bilan maydonga tushadi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi “Devis kubogi” reytingida 49-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Nigeriya terma jamoasi 74-pog‘onadan joy olgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA