English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Devis kubogi”: O‘zbekiston terma jamoasi Polshaga qarshi tarkibini e’lon qildi
09:51 / 2024-01-25

Joriy yilning 2-3 fevral kunlari tennis bo‘yicha "Devis kubogi"ning I Jahon guruhi uchun pley-off bosqichi doirasida O‘zbekiston - Polsha o‘yini o‘tkaziladi.

Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida o‘tkaziladigan ushbu uchrashuvga har ikki terma jamoa o‘z tarkibini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan Denis Istomin, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin, Maksim Shin, Amir Milushev o‘rin oldi. Polsha esa Xubert Xurkach, Maks Kasnikovski, Kamil Mayxshak, Karol Drzovski, Yan Zelinski kabi tajribali tennischilar bilan Toshkentga keladigan bo‘ldi.  

Ma’lumot uchun, mazkur terma jamoalar bahsi 2 fevral kuni soat 14:00, 3 fevralda esa 13:00 boshlanadi. O‘zbekiston va Polsha uchrashuvini “Humo Arena”da kuzatish bepul.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA