Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Devis kubogi: Humoyun Sultonov terma jamoani oldinga olib chiqdi
22:06 / 2023-09-16

Belgiyaning Xasselt shahrida Devis kubogining birinchi jahon guruhida O‘zbekiston tennischilari Belgiya terma jamoasi bilan kuch sinashmoqda.

Ushbu bahsning ilk uchrashuvida Kimmer Koppeans va Humoyun Sultonov o‘zaro raqobatlashdi. Unda Humoyun ilk setni tay - brekda o‘z foydasiga hal qildi.  

Ikkinchi setni esa 3:6 hisobida boy berib qo‘ydi. Xal qiluvchi uchinchi setda ham tennischilar tay - brekka qadar o‘yin o‘tkazdi va ushbu set tennischimiz foydasiga 7:6 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa Belgiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi hisob 0:1 ko‘rinishiga yetdi. Mazkur bahsning ikkinchi uchrashuvida Yoris de Lur - Sergey Fomin kuch sinashadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA