Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Devis kubogi”: Bosniya va Gersegovina keyingi bosqichda
16:55 / 2025-02-01

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi yopiq kortlarida “Devis kubogi”ning I Jahon guruhi uchun pley-off bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Bosniya va Gersegovina terma jamoalari bahsi yakunlandi.

Mazkur jamoalarning to‘rtinchi uchrashuvida birinchi raqamli tennischilar - Humoyun Sultonov – Damir Jumhur o‘zaro raqobatlashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan ushbu o‘yinda Damir 6:4, 1:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Bosniya va Gersegovina umumiy 3:1 hisobida zafar quchib, I Jahon guruhiga yo‘l oldi.    

[gallery-21556]

Javohir Toshxo‘jayev, Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA